Ko‘zi ojizlar uchun qulay ko‘rinish
Shrift
uz ru kk
SDVUNF Nukus filiali logotipi SDVUNF · Nukus filiali Axborot resurs markazi (ARM)

Foydalanish qoidasi

O‘quv zalidan foydalanish tartibi

O’quv zalida adabiyotlarni foydalanishga olgan kitobxonlar “Kitobxonlik guvohnomasi”ni topshirib, kitob olganliklari haqida imzo qo’yishlari kerak. Berilayotgan adabiyotlarni ro’yxatga olish kitobchasi adabiyotlarni talabalarga berishda va axborot resurs markazi xodimi tomonidan qaytarib olishda asosiy hujjat hisoblanadi. 

Qomuslar, ma’lumotnomalar, noyob va qimmatbaxo kitoblar, chop etilmagan materiallar (dissertatsiyalar, ilmiy-tadqiqot hisoboti va boshqalar) hamda kutubxonalararo abonementlari orqali olingan boshqa nashr mahsulotlari faqat o‘quv zallariga beriladi.

 

O’quv zalidan foydalanishda quyidagilar ta’qiqlanadi:

  • O‘quv zaliga o‘lchamlari 20x20x5 smdan yuqori bo‘lgan portfel, diplomat, sumka bilan kirish;

  • O‘quv zallariga shaxsiy va kutubxona kitoblari, jurnallari, gazetalar, boshqa adabiyotlardan qirqib olingan parchalar va boshqa mahsulotlari bilan kirish;

  • O‘quv zalida uyali telefonda gaplashish va baland ovozda gapirish;

  • stol va stullarga chizib o‘tirish va mebellarga jiddiy zarar etkizish;

  • turli chiqindalarni tashlab ketish;

  • Zallarda ortiqcha yurish;

  • Stol atrofida ko‘pchilik bo‘lib suhbat qurish 

  • O’quv zalidan adabiyotlarni olib chiqib ketish

 

Kitobxonlar ARM binosida tartib va tinchlikni saqlashga rioya qilishlari shart. Ushbu qoidalarni buzgan kitobxonlarga nisbatan 1 oy muddatda ARMdan foydalanish huquqidan mahrum etiladi.