Foydalanish qoidasi
💻Elektron o’quv zalida foydalanish tartibi
ARMning Elektron o’quv zalidan foydalanish uchun “Kitobxonlik guvohnomasi”ni ARM xodimga ko’rsatishi zarur. Shundan so’ng xodim unga bo’sh kompyuterlardan biriga o’tirishga va undan 2 soatgacha foydalanishga ruxsat beradi. Agar belgilangan vaqtdan so’ng bu kompyuter bo’sh bo’lsa, undan foydalanish vaqtini yana 1 soatga uzaytirish mumkin.
ARMda o‘rnatilgan kompyuterlar – Axborot resurs va Internet tarmoqlaridan foydalanishlari uchun mo‘ljallangan.
Kompyuterni yoqish, o‘chirish, sozlash, tashqi va ichki qurilmalariga ulash dasturlarini, operatsion sistemalarini o‘chirish yoki o‘rnatish faqat ARM xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘z disklaridan foydalanish, sanksiyalanmagan yo‘l bilan ARM va Internet axborot resurslariga kirish ta’qiqlanadi.